Ibrat

Imomi A’zamni uch dahriy savolga tutdi:-Alloh qachon tug’ilgan?-Qur’onda “U tug’magan va tug’ilmagan” deyiladi.-    Xo’p, qachondan bor? –    U zamondan oldin ham bor edi, hech bir narsa uning borligiga sabab bo’lmagan.-    Misol bilan tushuntir?-    Uchdan oldin ikki bor. Ikkidan oldin bir. Birdan oldin esa, hech narsa yoq. Birdan oldin hech qanqa son bo’lmaganidek, haqiqiy ma’noda BI bo’lgan Allohdan oldin hech narsa yo’qdir.-    Alloh qayoqqa qarab turadi?-    Qorong’u bir honada chiroq qayoqqa qaraydi? Hamma yoqqa. Xuddi shuningdek, yer va osmonlarning nuri bo’lmish Alloh ham hamma yoqqa qaraydi…Imomi A’zamning javoblaridan so’ng ular yana bittadan savol berishdi. Birinchisi: “Bizga Allohni ko’rsat”, dedi. Ikkinchisi: “Jahannamda olov bilan azob beriladi. Holbuki, jinlar olovdan yaratilgan. Olov olovdan ta’sirlanadimi?” deb so’radi. Uchinchisi: “Hamma narsa qazo va qadar bilan bo’ladi, deysan. Demak, har bir odam qiladigan ishlarini majburan qiladi. Shundaymi?” dedi.Shunda Imomi A’zam yerdan bir siqim tuproq olib ularning yuzlariga sochdilar. Ular qoziga shikoyat qilishdi.Qozining so’roviga Imomi A’zam:-    Men uchta savolga bitta tuproq sochishim bilan bitta javob berdim. Bitinchi javob: tuproqdan uning ko’zi og’ridi. Ammo og’riqni ko’rolmadi. Bu bilan oddiygina ko’z og’rig’ini ko’rolmas ekan, Allohni ko’rishni da’vo qilmasa ham bo’lishini tushuntirdim. Ikkinchi javob: o’zi tuproqdan yaratilishiga qaramay, tuproqdan ozor ko’rdi. Olovning olovdan ta’sirlanishini angladi. Uchinchisi esa, jabriya farqasidan edi. “Odamlar ishlarini majburan qiladi”, derdi. Insondagi juz’iy irodani unitardi. Ammo mening juz’iy irodamni unutmadi, “tuproqni majburan otdi”, demadi. Mendan shikoyat qilib o’zini yolg’onchiga chiqardi, – dedilar.

Imomi A’zamni uch dahriy savolga tutdi:-Alloh qachon tug’ilgan?-Qur’onda “U...

Ibrat

Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, zamonida taqvodor, namozini doimo masjidda jamoat bilan o‘qiydigan bir yigit bor edi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, uni nihoyatda yaxshi ko‘rar edilar. Yigitning juda qarib qolgan otasi bor edi. Yigit har kuni xufton namozidan so‘ng otasini ziyorat qilgani kelardi. Yo‘l bo‘yidagi uylardan birida yashovchi ayol bu yigitga oshiq bo‘lib qoldi. Ayol har kun yigitning yo‘lini poylab, uni o‘ziga og‘dirishga harakat qilardi. Nihoyat, bir safar yigit o‘zini boshqara olmay, ayolning ortidan ergashdi. Biroq ostonadan kirar ekan, Allohni esga olib, hushyor tortdi va: “Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biror vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar” (A’rof, 201) mazmunli oyati karimani o‘qidi-yu, hushsiz yiqildi. Ayol darhol bir joriyasini chaqirdi. Ikkalasi yigitni otasining uyiga eltib, eshikni taqillatdilar. Eshikni ochgan ota ostonada behush yotgan o‘g‘lini ko‘rdi. Uni ichkariga oldilar. Yigit yarim tunda o‘ziga keldi.— O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi? — so‘radi ota.— Hech narsa, hammasi joyida.Ota: — Xudo haqqi, menga to‘g‘risini ayt, — deb qo‘ymagach, yigit bo‘lgan voqeani gapirib berdi. — O‘g‘lim, sen qaysi oyatni o‘qiding? — deya so‘radi otasi.Yigit o‘sha oyatni takror o‘qigach, yana hushdan ketdi. Qancha urinishmasin, o‘ziga kelmadi. Yigit jon taslim qilgan edi. O‘sha kechadayoq uni yuvib, dafn etishdi. Ertalab bo‘lgan voqeani Hazrati Umarga, roziyallohu anhu, yetkazdilar. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, kelib, yigitning otasiga ta’ziya izhor qilgach:— Nega meni chaqirmadingiz? — dedilar.— Ey mo‘minlarning amiri! Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi, sizni bezovta qilgimiz kelmadi, — dedi ota.— Unday bo‘lsa, yuring, birga qabr boshiga boraylik, — dedi xalifa va ikkovlon u yerga yetgach:— Ey falonchi! — deb marhum yigitni chaqirdi va: “Parvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishidan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir” (Rahmon, 46) mazmunli oyatni o‘qidi.Ittifoqo, qabrdan yigitning: — Ey Umar! Siz eslatgan ikki jannatni Rabbim menga ikki bora in’om qildi, — degan ovozi eshitildi.

Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, zamonida taqvodor, namozini doimo masjidda...

Ibrat

Abu Said al-Xudriydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: “Bir bo‘ri suruvga hujum qilib, bir qo‘yni olib qochdi. Cho‘pon bo‘rini quvib, qo‘yni tortib oldi. Shunda bo‘ri tilga kirib:— Allohdan qo‘rqmaysanmi? Parvardigor menga yuborgan rizqni nega qaytarib olyapsan? — dedi.— Vo ajab? Bo‘ri inson kabi gapirmoqda! — hayratini yashira olmadi cho‘pon.— Mening odamday gapirganimga ajablanyapsanmi? Bundan ham muhimroq narsa bor. Yasribda Muhammad ismli bir zot odamlarga yangi dinni ta’lim bermoqda, — dedi bo‘ri.Shundan so‘ng cho‘pon suruvini haydab Madinaga keldi. Qo‘ylarni bir pana joyda qoldirib, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga keldi va bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, odamlarni namozga chaqirishni buyurgach, cho‘ponga:— Ko‘rganlaringni bularga ham so‘zlab ber, — dedilar.Cho‘pon voqeani so‘zlab berdi. Shunda Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar: — Birodaringiz to‘g‘ri gapiryapti. Muhammadning qayoti izmida bo‘lgan Allohga qasamki, jonivorlar insonlar bilan gaplashmagunicha, kishining oyoq kiyimidagi bog‘ich ip tilga kirib, so‘zlamagunicha va kishining soni, u ko‘chada yo safarda bo‘lganida oilasining uyda nimalar qilganini xabar bermagunicha (ya’ni, shunday zamonlar kelmay turib) qiyomat qoim bo‘lmaydi».(Mazkur hadisni Imom Ahmad Abu Hurayradan, Abu Nu’aym esa, Anasdan va Bayhaqiy Ibn Umardan rivoyat qilishgan).

Abu Said al-Xudriydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: “Bir bo‘ri suruvga...

Ibrat

Imomi A’zamni uch dahriy savolga tutdi:-Alloh qachon tug’ilgan?-Qur’onda “U tug’magan va tug’ilmagan” deyiladi.-    Xo’p, qachondan bor? –    U zamondan oldin ham bor edi, hech bir narsa uning borligiga sabab bo’lmagan.-    Misol bilan tushuntir?-    Uchdan oldin ikki bor. Ikkidan oldin bir. Birdan oldin esa, hech narsa yoq. Birdan oldin hech qanqa son bo’lmaganidek, haqiqiy ma’noda BI bo’lgan Allohdan oldin hech narsa yo’qdir.-    Alloh qayoqqa qarab turadi?-    Qorong’u bir honada chiroq qayoqqa qaraydi? Hamma yoqqa. Xuddi shuningdek, yer va osmonlarning nuri bo’lmish Alloh ham hamma yoqqa qaraydi…Imomi A’zamning javoblaridan so’ng ular yana bittadan savol berishdi. Birinchisi: “Bizga Allohni ko’rsat”, dedi. Ikkinchisi: “Jahannamda olov bilan azob beriladi. Holbuki, jinlar olovdan yaratilgan. Olov olovdan ta’sirlanadimi?” deb so’radi. Uchinchisi: “Hamma narsa qazo va qadar bilan bo’ladi, deysan. Demak, har bir odam qiladigan ishlarini majburan qiladi. Shundaymi?” dedi.Shunda Imomi A’zam yerdan bir siqim tuproq olib ularning yuzlariga sochdilar. Ular qoziga shikoyat qilishdi.Qozining so’roviga Imomi A’zam:-    Men uchta savolga bitta tuproq sochishim bilan bitta javob berdim. Bitinchi javob: tuproqdan uning ko’zi og’ridi. Ammo og’riqni ko’rolmadi. Bu bilan oddiygina ko’z og’rig’ini ko’rolmas ekan, Allohni ko’rishni da’vo qilmasa ham bo’lishini tushuntirdim. Ikkinchi javob: o’zi tuproqdan yaratilishiga qaramay, tuproqdan ozor ko’rdi. Olovning olovdan ta’sirlanishini angladi. Uchinchisi esa, jabriya farqasidan edi. “Odamlar ishlarini majburan qiladi”, derdi. Insondagi juz’iy irodani unitardi. Ammo mening juz’iy irodamni unutmadi, “tuproqni majburan otdi”, demadi. Mendan shikoyat qilib o’zini yolg’onchiga chiqardi, – dedilar.

Imomi A’zamni uch dahriy savolga tutdi:-Alloh qachon tug’ilgan?-Qur’onda “U tug’magan va tug’ilmagan” deyiladi.-    Xo’p, qachondan bor? –    U zamondan oldin ham bor edi, hech bir narsa uning...

Read More
Ibrat

Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, zamonida taqvodor, namozini doimo masjidda jamoat bilan o‘qiydigan bir yigit bor edi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, uni nihoyatda yaxshi ko‘rar edilar. Yigitning juda qarib qolgan otasi bor edi. Yigit har kuni xufton namozidan so‘ng otasini ziyorat qilgani kelardi. Yo‘l bo‘yidagi uylardan birida yashovchi ayol bu yigitga oshiq bo‘lib qoldi. Ayol har kun yigitning yo‘lini poylab, uni o‘ziga og‘dirishga harakat qilardi. Nihoyat, bir safar yigit o‘zini boshqara olmay, ayolning ortidan ergashdi. Biroq ostonadan kirar ekan, Allohni esga olib, hushyor tortdi va: “Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biror vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar” (A’rof, 201) mazmunli oyati karimani o‘qidi-yu, hushsiz yiqildi. Ayol darhol bir joriyasini chaqirdi. Ikkalasi yigitni otasining uyiga eltib, eshikni taqillatdilar. Eshikni ochgan ota ostonada behush yotgan o‘g‘lini ko‘rdi. Uni ichkariga oldilar. Yigit yarim tunda o‘ziga keldi.— O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi? — so‘radi ota.— Hech narsa, hammasi joyida.Ota: — Xudo haqqi, menga to‘g‘risini ayt, — deb qo‘ymagach, yigit bo‘lgan voqeani gapirib berdi. — O‘g‘lim, sen qaysi oyatni o‘qiding? — deya so‘radi otasi.Yigit o‘sha oyatni takror o‘qigach, yana hushdan ketdi. Qancha urinishmasin, o‘ziga kelmadi. Yigit jon taslim qilgan edi. O‘sha kechadayoq uni yuvib, dafn etishdi. Ertalab bo‘lgan voqeani Hazrati Umarga, roziyallohu anhu, yetkazdilar. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, kelib, yigitning otasiga ta’ziya izhor qilgach:— Nega meni chaqirmadingiz? — dedilar.— Ey mo‘minlarning amiri! Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi, sizni bezovta qilgimiz kelmadi, — dedi ota.— Unday bo‘lsa, yuring, birga qabr boshiga boraylik, — dedi xalifa va ikkovlon u yerga yetgach:— Ey falonchi! — deb marhum yigitni chaqirdi va: “Parvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishidan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir” (Rahmon, 46) mazmunli oyatni o‘qidi.Ittifoqo, qabrdan yigitning: — Ey Umar! Siz eslatgan ikki jannatni Rabbim menga ikki bora in’om qildi, — degan ovozi eshitildi.

Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, zamonida taqvodor, namozini doimo masjidda jamoat bilan o‘qiydigan bir yigit bor edi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, uni...

Ibrat

Abu Said al-Xudriydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: “Bir bo‘ri suruvga hujum qilib, bir qo‘yni olib qochdi. Cho‘pon bo‘rini quvib, qo‘yni tortib oldi. Shunda bo‘ri tilga kirib:— Allohdan qo‘rqmaysanmi? Parvardigor menga yuborgan rizqni nega qaytarib olyapsan? — dedi.— Vo ajab? Bo‘ri inson kabi gapirmoqda! — hayratini yashira olmadi cho‘pon.— Mening odamday gapirganimga ajablanyapsanmi? Bundan ham muhimroq narsa bor. Yasribda Muhammad ismli bir zot odamlarga yangi dinni ta’lim bermoqda, — dedi bo‘ri.Shundan so‘ng cho‘pon suruvini haydab Madinaga keldi. Qo‘ylarni bir pana joyda qoldirib, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga keldi va bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, odamlarni namozga chaqirishni buyurgach, cho‘ponga:— Ko‘rganlaringni bularga ham so‘zlab ber, — dedilar.Cho‘pon voqeani so‘zlab berdi. Shunda Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar: — Birodaringiz to‘g‘ri gapiryapti. Muhammadning qayoti izmida bo‘lgan Allohga qasamki, jonivorlar insonlar bilan gaplashmagunicha, kishining oyoq kiyimidagi bog‘ich ip tilga kirib, so‘zlamagunicha va kishining soni, u ko‘chada yo safarda bo‘lganida oilasining uyda nimalar qilganini xabar bermagunicha (ya’ni, shunday zamonlar kelmay turib) qiyomat qoim bo‘lmaydi».(Mazkur hadisni Imom Ahmad Abu Hurayradan, Abu Nu’aym esa, Anasdan va Bayhaqiy Ibn Umardan rivoyat qilishgan).

Abu Said al-Xudriydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: “Bir bo‘ri suruvga hujum qilib, bir qo‘yni olib qochdi. Cho‘pon bo‘rini quvib, qo‘yni tortib oldi...